"Barselona" "Ayaks" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
29 sen 2021
"Barselona" "Ayaks" hujumchisi Antoniga qiziqmoqda.

Niderlandiya klubi 21 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 40 million evro evaziga xayrlashishga tayyor. Futbolchiga shuningdek "Bavariya" davogarlik qilmoqda.

Antoni 2021/22 yilgi mavsum "Ayaks" safida 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Transfermarkt o'yinchini 25 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.