Barselona Bavariya futbolchisini tekinga olmoqchi

Khoja
23 dek 2024
Barselona Bavariya vingeri Leroy Sanega qiziqish bildirmoqda.

Diario Sport xabariga ko'ra, kataloniyaliklar kelasi yilning yozida Bavariya bilan shartnomasi tugaydigan Sanega qiziqish bildirmoqda. Barsa hali Sanega taklif bilan chiqqani yo'q. 28 yoshli futbolchining myunxenliklar  bilan shartnoma uzaytirmasligi aniq bo'lgach, aloqaga chiqishi mumkin.

Sane bu mavsum Bundesligada 11 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com