"Barselona" - "Dinamo" Kiev uchrashuvi qoldirilishi mumkin

Mirjalol Normatov
2 noya 2020
"Barselona" YCHLning 3-turi doirasida Kievning "Dinamo"siga qarshi bahs olib boradi.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, kievliklar ertaga 10:00da Barselonada koronavirus testini topshiradi. Klub vice-prezidentining aytishicha, yana bir necha  futbolchilar virus yuqtirib olgani bo'lishi mumkin.

Agarda ertangi testlarda yana bir futbolchida virus aniqlansa, o'yin qoldirilishi mumkin. "Barselona"ga qarshi o'yinni o'tkazish uchun 19 futbolchi samolyotda uchib kelgan. Unda "Dinamo"ning A ro'yxatidan o'rin olgan 13 futbolchi bor. YCHL protokolida esa A ro'yxatda kamida 13 nafar futbolchi bo'lishi shart deb yozib qo'yilgan.

Qiziqarli tomoni shundaki, o'tgan turda "Shaxtyor" A ro'yxatdan 12 kishini Madridga olib borgan va o'yinni o'tkazishga rozi bo'lgandi. Agarda ertangi test natijalarida jamoaning yana bir futbolchi (xoh A ro'yxat, xoh B ro'yxat) virusni yuqtirib olgan bo'lsa, "Dinamo" o'yinni qoldirish borasida UEFAga murojaatnoma bilan chiqishi va bu holat qanoatlantirilishi mumkin.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo