"Barselona" himoyachisining burni sindi

Mirjalol Normatov
6 noya 2025
"Barselona" futbolchisi Erik Garsiya YCHL umumiy guruh bosqichi 4-turida "Bryugge"ga qarshi bahs vaqtida burni sindi.

"Erik Garsiyaning burni sindi. Futbolchi uchun mahsus himoya niqobi ishlab chiqiladi. "Selta"ga qarshi bahsda qatnashishi uning tuzalish tempiga qarab aniqlanadi", - deb yoziladi klub bayonotida.

"Barselona"ning "Selta"ga qarshi bahsi yakshanba kuni o'tkaziladi.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FCBarcelona