"Barselona" Levandovski bo'yicha taklifini yaxshiladi

Sherzod Nurmatov
28 iyun 2022
"Barselona" "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski uchun 50 million evrodan ko'p bo'lmagan summani to'lashga tayyor.

"Sky Sport Deutschland" xabariga ko'ra, Ispaniya klubi bu mablag' transferni rasmiylashtirish uchun etarli deb hisoblamoqda. 

Shu bilan birga, Germaniya chempioni 33 yoshli polshalikni sotishga tayyor, biroq uning narxini oshirishda davom etmoqda. "Bavariya" hali ham 60 million evro ishlab olishni istamoqda.

Levandovski o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta uchrashuvda 46 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland