"Barselona" prezidenti Grizmann haqida: "Hech qanaka muzokaralar yo'q"

Alisher
17 iyun 2019
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu klub "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanning transferi borasida ishlayotgani to'g'risidagi xabarlarni rad etdi.

"Har doim aytganimizdek, biz u bilan aloqaga chiqqanimiz yo'q. Hech qanaka muzokaralar yo'q. Yaqinlashayotgan kunlarda va haftalarda transfer bozorida bo'layotgan voqealarni kuzatamiz", - deydi Bartomeu.

Grizmann yakunlangan mavsum klub safida 48ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 21ta gol va 10ta assist bor. Forvardning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yil yoziga qadar mo'ljallangan. 1 iyuldan esa uning tovon puli 200 milliondan 120 million evroga tushadi. Fransiyalik futbolchi "Atletiko"dan oldin "Real Sosedad" tarkibida harakat qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Sport.es