"Barselona" "Xall Siti" vingerini ijaraga olmoqchi

Sherzod Nurmatov
1 iyul 2024
"Xall Siti" vingeri Jeyden Filogen "Barselona"ga o'tishi mumkin.

Manbaning xabariga ko'ra, Kataloniya klubi futbolchini ijaraga olish borasida rasmiy taklif bilan chiqqan. Shartnoma 2025 yilda ma'lum shartlar ostida taxminan 20-23 million evroga sotib olish majburiyatini o'z ichiga oladi.

Jeyden Filogen 22 yoshda. U "Xall Siti"ga 2023 yilning sentyabrida "Aston Villa"dan kelgan. Bu transfer "yo'lbarslar"ga 5,8 mln evroga tushgan. 

Filogen o'tgan mavsum Chempionshipda 33 ta o'yinda qatnashib, 12 ta to'p kiritdi va 6 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal