"Barselona"ga 3ta gol urgan "Granada" jarimaga tortilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
12 fev 2024
"Granada" "Barselona"ga qarshi bahsdagi voqea tufayli jarima to'lashi mumkin.

LaLiganing 24-tur uchrashuvi 3:3 hisobida yakuniga etdi.

"Granada" futbolchilari birinchi va ikkinchi taymlarga kech chiqqani uchun klubga jarima solinishi mumkin.

Birinchi holatda 2 daqiqaga, ikkinchi bo'limga esa 2 daqiqayu 40 soniyaga kech qolishgan.

Musobaqalar bo'yicha qo'mita "Granada"ga nisbatan jazo chorasini qo'llashi kutilmoqda. Jarima summasi 3 ming evrogacha bo'lishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo