"Bavariya" "Barselona" ko'zlagan futbolchilarga "sovchi" yubordi

Mirjalol Normatov
5 dek 2018
"Bavariya" "Ayaks" futbolchilari Frenki de Yong va Matteys de Ligtning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Bild" xabariga ko'ra, "Ayaks" vakillari ushbu qiziqishlarni tasdiqlashgan. Germaniya klubi ikki futbolchini sotib olish uchun 150 million evro to'lashga tayyor.

"Bavariya"dagilar jamoaning natijalarini yaxshilash uchun transfer siyosatiga katta e'tibor bermoqchi.

Oldinroq ushbu futbolchilarga "Barselona" tomonidan qiziqishlar borligi borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild