"Bavariya" futbolchisi jarohatdan forig' bo'ldi

Sherzod Nurmatov
18 noya 2025
Myunxenliklar yetakchi himoyachisi Alfonso Devis jiddiy jarohatdan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi.

"Bavariya"ning rasmiy X sahifasida 25 yoshli kanadalik chap qanot himoyachisi xochsimon bog'lami uzilishidan keyin birinchi marta "Bavariya"ning asosiy jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etgani haqida xabar qilindi.

Devis mart oyida Kanada terma jamoasida jarohat olgandi. Tibbiy tekshiruvdan so'ng tashxis umidsizlikka uchratdi: 6 oylik tiklanish.

"Bavariya"ning keyingi o'yini 22 noyabr kuni "Frayburg"ga qarshi o'tkazilishi rejalashtirilgan, ammo Devis maydonga tusha oladimi yoki yo'q, hali noma'lum.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com