Bavariya Karrasko uchun 50 mln evro taklif qilmoqchi

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2017
Bavariya Atletiko yarim himoyachisi Yannik Karraskoni sotib olmoqchi.

Myunxenliklar 23 yoshli belgiyalik futbolchi uchun 50 million evro taklif qilishmoqchi.

Bavariya Arsenaldan Aleksis Sanchesni sotib olomagach Karraskoga e'tibor qaratdi.

Ammo Madrid klubi yangi futbolchi sotib olomasligi bu transferni amalga oshishiga yo'l qo'ymasligi mumkin.

O'tgan mavsumda Karrasko 35ta o'yinda 10ta gol urdi va 4ta golli pas berdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: futbol.as.com