"Bavariya" marokashlik himoyachini sotmoqchi emas

Sherzod Nurmatov
16 may 2023
Himoyachi Nussair Mazraui yozda “Bavariya”ni tark etmaydi.

Oldinroq futbolchiga "Real"dan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi. Futbolchining o'zi ham Myunxen klubida qolishni xohlaydi, chunki u so'nggi paytlarda tez-tez o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.

Himoyachi ushbu mavsum Bundesliganing 17 ta o'yinida qatnashib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Fichajes