Bekxem Messini "Inter Mayami"ga o'tishi borasida u bilan muzokaralar o'tkazdi

Alisher
11 sen 2019
MLSning "Inter Mayami" klubi xo'jayini Devid Bekxem "Barselona" forvardi Lionel Messi bilan aloqaga kirishdi.

Argentinalik futbolchi uchun bu variant qiziq ko'rinmoqda, ammo uning yuqori moliyaviy talablari bitim imzolanishiga halaqit berishi mumkin.

Oldinroq, Messi Yevropadan boshqa klublarga bepul kyetishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

31 yoshli Lionel Messi "Barselona"ning asosiy jamoasida 2004 yildan beri o'ynamoqda.

Eslatib o'tamiz, "Inter Mayami" o'zining MLSdagi ishtirokini 2020 yildan boshlaydi.


AlisherMuallif
Manba: Catalunya Radio