Britaniya nashri “Rostov” kiperi haqida: “Hatto Roy Kin ham uni tanqid qila olmadi”

Eldor Akmurzayev
20 iyun 2020
"Sochi” – “Rostov” uchrashuvi Britaniya OAV e'tiboriga tushdi.

Daily Mail nashri “Rostov”ning 17 yoshli posboni Denis Popov haqida maqola chop etdi.

Popov “Sochi”ga qarshi bahsda 15ta seyv ko'rsatib, musobaqa rekordini o'rnatdi. Shuningdek, u Anton Zabolotniyning penaltidan yo'llagan zarbasini ham qaytargan.

“Rossiya Premer-ligasi jamoasi 10ta gol o'tkazib yubordi, ammo hatto Roy Kin (tanqidlarni xush ko'ruvchi manosida) ham bu darvozabonni ayblay olmadi. “Rostov” yosh bolalarni maydonga olib chiqishga majbur bo'lganida, 17 yoshli o'yinchi darvozani qutqarish bo'yicha rekord qo'ydi”, deya yozgan nashr.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail