"Bunyodkor-2003" Rossiyadagi musobaqani g'alaba bilan boshladi

24 martdan 8 aprelga qadar Rossiyaning Dagomis shahrida marhum Valentin Bubukin xotirasiga bag'ishlangan hisob bo'yicha 6-musobaqa bo'lib o'tadi.
Bu musobaqada Toshkentning "Bunyodkor" futbol akademiyasining 2003 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoa ishtirok etishini xabar qilgandik.

Kecha musobaqaning birinchi bosqichi birinchi kun bahslari yakuniga etdi.

"Bunyodkor" Novosemykino shahrining "Akron" jamoasi ustidan 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. Keyingi bahslarda ham yosh "qaldirg'ochlarga" omad tilaymiz.

Quyida birinchi kungi barcha natijalarni taqdim etamiz.

2003 yilda tug'ilgan futbolchilar
 
BO'SM-7 (Sochi) 1-2 V.Ponedelnik akademiyasi (Rostov – na - Donu)
Krasnodar (Krasnodar) 7-0 Sokol (Moskva)
Akron (Novosemeykino) 0-1 Bunyodkor (Toshkent)
Sochi (Sochi) 4-2 Mitino (Moskva)
Abxaziya terma jamoasi 3-2 Politex-2003 (Maxachqala)
Smena-2 (Moskva) 0-2 Olimpiya zaxiralari maktabi-5 (Krasnodar)



Manba: championat.asia