"Chelsi" niderlandiyalik hujumchiga davogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
10 mar 2025
"Chelsi" "Strasbur"ning 22 yoshli hujumchisi Emanuel Emegaga qiziqish bildirmoqda.

Fransiya klubi rahbariyati futbolchining transferi bo'yicha 22 mlndan 25 mln evrogacha bo'lgan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Qayd etilishicha, futbolchiga boshqa ingliz klublari ham davogar. Biroq 2023 yildan beri "Strasbur" akciyalarining nazorat paketiga ega bo'lgan "Chelsi" kelishuvni ijobiy ko'rinishga keltirish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside