Dann: "Diash yaqin yillarda jamoa sardori etib tayinlansa, ajablanmayman"

Aslanov Jasurbek
2 avg 2021
"Manchester Siti" sobiq futbolchisi Richard Dann markaziy himoyachi Ruben Diash haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'tgan mavsumda APL markaziy himoyachilarining hech biri u bilan tenglasha olmadi, shuning uchun umid qilamanki, u o'sishda davom etadi. O'ylashimcha, u maydonda qanday harakat qilish kerakligini allaqachon o'zlashtirib olgan hamda tajribasini yanada oshirishi mumkin. Agar u yaqin yillarda jamoa sardori etib tayinlansa, ajablanmayman. U barchani hayratda qoldira oldi hamda ajoyib mavsum o'tkazdi", - deydi Dann.

Eslatib o'tamiz, Ruben Diash 2020 yilda "Benfika"dan 68 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u Premer-ligada 32 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: euro-football.ru