

24 yoshli Raum o'tgan yili "Yuventus" bilan bog'langandi, biroq u buning o'rniga "Xoffenxaym"dan "Leyptsig"ga o'tgan edi.
Manbaning ma'lum qilishicha, Raumning tarnsferi Madrid klubi uchun 40 mln evroga tushishi mumkin. Ushbu transfer amalga oshsa, germaniyalik futbolchi yangi jamoasi chap qanot himoyasini kuchaytiradi. Shuningdek, uning xizmatlaridan, maydon markazida ham foydalanish mumkin.
David Raum Bundesliga klubi tarkibida joriy mavsum turli musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushirildi va 2 ta assist qayd etdi.



