Davralar oralig'ida “Bunyodkor” tarkibida yuz bergan o'zgarishlar

Narzulla Saydullayev
17 avg 2015
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi tarkibida davralar oralig'ida bir necha o'zgarishlar bo'ldi.

Birinchi davra bahslarida jamoamiz sharafini himoya qilgan o'n nafar futbolchi ma'lum sabablarga ko'ra “qaldirg'ochlar” lagerini tark etishdi. Hujumkor yarim himoyachi Sardor Rashidov Qatarning “Al-Jaish” klubiga, himoyachi Artyom Filiposyan Samarqandning “Dinamo” jamoasi transfer qilindi. Hujumchi Anvar Berdiev, yarim himoyachi Mirzohid G'ofurov va himoyachi Obid Jo'raev bilan tuzilgan shartnomalar ikkala tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilindi va futbolchilar erkin agent maqomi ostida boshqa jamoalarga o'tib kyetishdi. Yarim himoyachi Otabek Shukurov va hujumchi Temur Ayupov “Buxoro” jamoasiga mavsum oxiriga qadar ijaraga berildi. Shuningdek, himoyachilar Davron Valijonov va Aziz Mamazoitov, hujumchi Aleksandr Xamxodera “Bunyodkor” jamoasini tark etishdi.

Davralar oralig'ida “Bunyodkor”dan ketganlar

#     

Ism-familiyasi           

Tug'ilgan sanasi             

Ampluasi           

Ketgan jamoasi      

1Anvar Berdiev                  
11.05.1978                   
Hujumchi                
“Andijon”
2Mirzohid G'ofurov22.09.1988Yarim himoyachi               
“Mashal”
3Obid Jo'raboev17.02.1986Himoyachi“Olmaliq”
4Artyom Filiposyan06.01.1988Himoyachi“Dinamo”
5Sardor Rashidov14.06.1991Yarim himoyachi           
“Al-Jaish” (Qatar)
6Otabek Shukurov22.06.1996Yarim himoyachi“Buxoro”
7Temur Ayupov28.03.1993Hujumchi“Buxoro”
8Davron Valijonov27.01.1996Himoyachi-
9Aziz Mamazoitov28.11.1995Himoyachi-
10Aleksandr Xamxodera             
05.07.1996Hujumchi-

Ikkinchi davra oldidan “Bunyodkor” sakkiz nafar futbolchini ro'yxatdan o'tkazdi. Aslida “qaldirg'ochlar” safiga Anvar Rajabov “So'g'diyona”dan va Viktor Karpenko “Sho'rtan”dan keldi. Qolgan olti futbolchi esa mavsumning birinchi qismini birinchi ligada “Bunyodkor-2” tarkibida o'tkazishgan edi.

Davralar oralig'ida “Bunyodkor”ga kelganlar

#   

Ism-familiyasi                  

Tug'ilgan sanasi                 

Ampluasi          

Kelgan jamoasi               

1Dilshod Jo'raev                      
21.04.1992                              
Yarim himoyachi       
“Bunyodkor-2”      
2Anvar Rajabov23.01.1988Hujumchi“So'g'diyona”
3Viktor Karpenko07.09.1977Yarim himoyachi“Sho'rtan”
4Elyor Adhamov02.06.1996Darvozabon“Bunyodkor-2”
5Islom Qobilov01.07.1997Himoyachi“Bunyodkor-2”
6Mirjahon Mirahmatov15.07.1997Hujumchi“Bunyodkor-2”
7Javohir Esonqulov20.04.1997Hujumchi“Bunyodkor-2”
8Nurillo To'xtasinov19.02.1997Yarim himoyachi“Bunyodkor-2”


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com