De Xea yozda ispan grandi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
7 mar 2020
"Real" "Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xeani o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

"Qaymoqranglilar" rahbariyati hanuzgacha jamoaning asosiy posboni Tibo Kurtuani almashtirishni xohlashmoqda.

"Real" De Xea uchun 70 million funt to'lashga tayyor. Eslatib o'tamiz, De Xea 2015 yilda "Real"ga o'tishi mumkin edi. O'shanda bitim transferlar oynasining so'nggi sekundlarida imzolanmay qolgan edi.

Eslatib o'tamiz, 29 yoshli darvozabon Madridning "Atletiko" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U MYUga 2011 yilda o'tgan.


AlisherMuallif
Manba: thesun.co.uk