Denis Korostichenko: "Yirik hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi"

Sherzod Nurmatov
19 apr 2022
O'zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Xorazm" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Denis Korostichenko fikrlarini bildirdi.

"Qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Keraksiz golni o'tkazib yuborib, o'zimizga muammo olib keldik. Tarkibda ayrim futbolchilarga dam olish imkonini berdik. Yosh futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishdi. Hattoki yirik hisobda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Xatolarni tahlil qilamiz. Yigitlarga alohida minnatdorchilik bildiraman", – dedi Korostichenko. 

- "Lokomotiv"ga qarshi barcha jamoalar ikki hissa kuch bilan o'ynamoqda...

- Fikringiz to'g'ri, chunki "Lokomotiv" top-jamoa, bir necha bor O'zbekiston chempioni, Kubok sohibi sanaladi. Shu bois boshqacha ishtiyoq bilan o'ynashadi. Kubokmi, Superligami buning ahamiyati yo'q. O'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.

Albatta, maydonimiz a'lo darajada. Barcha narsa o'xshaydi. Futbolchilar ham rohatlanib o'ynashadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia