"Dinamo": "Navbahor" va "Andijon" bilan o'yin o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
23 iyul 2015
Ayni damda Dukentda yig'in o'tkazayotgan Dinamo jamoasi ikkinchi davra boshlanguniga qadar nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Bungacha Olmaliq yoshlar jamoasi (1:1) va So'g'diyonaga (0:1) qarshi o'yinda maydonga tushgan Bahrom Hakimov shogirdlari yana ikkita o'yinda maydonga tushishni rejalashtirishgan. Jumladan, 24 iyul juma kuni Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi Namanganning Navbahor klubiga qarshi o'yin o'tkazilsa, 26 iyulda Edgar Gess murabbiyligidagi Andijon jamoasiga qarshi uchrashuv belgilangan.

Eslatib o'tamiz, Dinamo ikkinchi davraning dastlabki o'yinida 2 avgust kuni Qo'qon-1912 jamoasi mehmoni bo'ladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz