"Dinamo" o'rtoqlik o'yinida Rossiya klubiga yutqazdi

Оқил Абдубарноев
13 fev 2024
"Dinamo" jamoasi Belek shahridagi yig'in doirasida ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini Rossiyaning "Leningradec" klubiga qarshi o'tkazdi.

Samarqand va Leningrad oblasti jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yomg'ir ostida o'tib, unda Rossiya klubi minimal hisobda g'alaba qozondi. Uchrashuvda murabbiylar bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazishdi.

Turkiya, Belek

O'rtoqlik o'yini. 13 fevral

"Dinamo" - "Leningradec" (Rossiya) – 0:1


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати