Divok Origi: "YCHLda istalgan poziciyada o'ynashga tayyorman"

Aslanov Jasurbek
30 may 2019
"Liverpul" hujumchisi Divok Origi "Tottenxem"ga qarshi Chempionlar ligasi final o'yinidan oldin fikr bildirdi.

"Murabbiy xohlayotgan poziciyada o'ynashga tayyorman. Har bir inson finalda o'ynashga intiladi va men ruhan, jismonan o'yinga tayyorman. Qo'limdan keladigan barcha ishni bajarishga harakat qilaman.

Biz bir necha yil avvalgiga nisbatan oldinga qadam tashladik. Hozir biz ko'proq tajriba, barqarorlik, birdamlik va iqtidor egamiz",  – deya qayd etdi Origi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: skysports.com