Duglas Kosta faoliyatini qayerda davom ettirishni xohlashini aytdi

Alisher
26 fev 2021
"Bavariya"da ijara asosida o'ynayotgan "Yuventus" vingeri Duglas Kosta Italiya A Seriyasiga qaytmoqchi.

"Italiya chempionatiga qaytishni xohlayman. Bu mamlakatni sevaman. Mening "keksa sinora" bilan yana bir yillik shartnomam bor. Ko'ramiz, keyin nima bo'larkan", - deydi Kosta.

Duglas joriy mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.

"Bavariya" esa Bundesligada 22 turdan so'ng 49 ochko jamg'argan holda jadvalda birinchi o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/pierpardo