Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Santyago Bernabeu"

Alisher
10 iyun 2020
Ispaniyaning Madrid shahrida joylashgan dunyoning eng chiroyli stadionlaridan biri bo'lmish "Santyago Bernabeu"ga fotosayohat qilamiz.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin saytimizning rasmiy telegram kanalida 5ta stadion o'rtasida so'rovnoma o'tkazgan edik va unda "Santyago Bernabeu" g'olib chiqqan edi.


"Santyago Bernabeu" - Ispaniya

Eski nomi: "Nuevo Estadio Chamartin" (1955 yilgacha)

Klub: "Real"

Ochilgan yili: 1947 yil 14 dekabr

Arxitektorlar: Munos Monasterio, Aleman Soler 

Qurilish narxi: 288 million peset (1,7 mln €)

Sig'imi: 81 044

Stadion haqida faktlar:

- "Yangi Chamartin" 1947 yilning 14 dekabrida "Real Madrid" va Portugaliyaning "Os Belenenses" (3:1) jamoalari o'rtasidagi o'yin bilan ochilgan. Sabino Barinaga esa stadion tarixidagi ilk golni urgan.

- 1964 yilda "Santyago Bernabeu"da Yevropa chempionati finali bo'lib o'tgan. Finalda Ispaniya Sovet Ittifoqini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan va ilk marta Yevropada chempion bo'lgan.

- Stadionda umumiy hisobda 4 bor Chempionlar Ligasi / Yevropa Kubogi finali bo'lib o'tgan: "Real" - "Fiorentina (1967), "Milan" - "Ayaks" (1969), "Nottingem Forest" - "Gamburg" (1980) va "Bavariya" - "Inter" (2010).


→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "San-Mames"  

→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Enfild" 

→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Kamp Nou"

→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Marakana" 

→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Vanda Metropolitano" 


"Santyago Bernabeu"da hozirda qurilish ishlari olib borilmoqda, stadion qurilishdan so'ng mana shunday ko'rinishga ega bo'ladi.


Siz yana qaysi stadionlarning ajoyib suratlarini toshosha qilishni istaysiz, izohlarda yozib qoldiring!
    


→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "San-Mames"  

→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Enfild" 

→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Kamp Nou"

→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Marakana" 

→ Dunyoning eng ajoyib stadionlari - "Vanda Metropolitano"


AlisherMuallif
Manba: championat.asia