YCHL yarim finalida "Barselona" "Bavariya" bilan, "Yuventus" "Real" bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
24 apr 2015
Bugun Toshkent vaqti bilan soat 15:00da UEFA Chempionlar ligasi yarim finali uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
                                   MATNLI TRANSYALCIYA

                                                Yangilash



- Finalda ikkinchi juftlik g'olibi mezbon jamoa bo'ladi.


- Demak, "Barselona" - "Bavariya" uchrashuvi 5 may kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. 6 mayda esa "Yuventus stedium"da "Yuventus" "Real"ni kutib oladi. Javob uchrashuvlari 12-13 mayda o'tkazilishi rejalashtirilgan.


                                         1 juftlik

     "Barselona"                     -                      "Bavariya"

                                          2 juftlik

       "Yuventus"                       -                      "Real"


- Juftliklarning birinchi jamoasi ilk uchrashuvni o'z uyida o'tkazadi.


- "Yuventus" o'tgan mavsumda xatto guruhdan chiqa olmagan. "Barselona" chorak finalda turnirni tark etgan. "Real" "Bavariya"ni mag'lub etib, finalda "Atletiko" bilan kurashgan edi.


- Demak, ushbu turnirning yarim finaligacha Germaniyaning "Bavariya", Italiyaning "Yuventus" va Ispaniyaning "Real" va "Barselona" jamoalari yetib kela oldi.


- Chempionlar ligasi amaldagi g'olibi "Real".


- Chempionlar ligasi yarim finali uchun qur'a tashlash boshlanmoqda.


- Yevropa ligasi qur'a marosimin saytimizda kuzatib boring.

Yevropa Chempionlar ligasi final uchrashuvi Germaniya poytaxti Berlinda joylashgan "Olimpiashtadion" stadionida bo'lib o'tadi.




- Hozircha Yevropa ligasi yarim finali uchun qur'a tashlanadi va bu tadbirni saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.



- Sizningcha yarim finalda qanday juftliklar bo'ladi?


O'yindan oldingi fikrlar:

"Real" muxbiri Jo Uolker: "Real" va "Yuventus" o'tgan yili guruh bosqichida to'qnash kelgan edi. "Yuventus" 2003 yil yarim finalda "Qirollik klubi"ni turnirdan chiqarib yuborgan. O'sha jamoa a'zolaridan "Real"da faqat Kasilyas qolgan.

Xaver Maskerano: Bizga tushadigan har qanday raqib juda kuchli jamoa bo'lishi aniq, ko'ramiz taqdir bizga kimni ro'para qilar ekan. Bizni Chempionlar ligasi finalidan ikki uchrashuv ajratib turibdi va "Barselona" bu o'yinlarda g'alaba qozonishiga umid qilaman.

Iker Kasilyas: Biz to'rt buyuk jamoa, to'rtta Yevropa chempionlari haqida gapiryamiz. Yarim final o'yinlari juda qiziq va tomoshabop bo'lishi aniq.


- Chempionlar ligasi yarim finalida Germaniya va Italiyadan bitta, Ispaniyadan esa ikkita jamoa ishtirok etadi.


- "Bavariya", "Real", "Barselona", "Yuventus".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia