Erik ten Xag yirik mag'lubiyatga izoh berdi

Aziz Tukhtamuradov
21 apr 2023
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Sevilya"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Albatta bunday xatolar bilan o'yinda g'alaba qozonish qiyin. Biz yanada rivojlanishimiz kerak. Bu mening futbolchilarga talabimdir. 

Bu biz qocha olmayotgan muammo. Yakshanba kuni biz o'zimizga kelib, xarakter ko'rsatimiz kerak bo'ladi. O'sha kuni bizda yangi imkoniyat bo'ladi. 

Muhit? Bu albatta ta’sir qilishi mumkin, ammo bunday bo'lmasligi kerak. Muxlislarimiz biz shunday muammolar bilan ham o'zimizga kelib olishni uddalay olishimizni kutishga haqlilar. 

O'yinda bizga sovuqqonlik yetishmadi. Biz noto'g'ri qarorlar qabul qildik. Yakkakurashlarda yutqazdik. Ularda g'alabaga bo'lgan istak va iroda kuchli edi. Masalan ikkinchi golni oling. Katta o'yinlarda 0:2 hisobida ortda qolayotib, g'alaba qozonib kyetish qiyin. 

Hozirgi o'yinchilarga ishonamanmi? Ha. Chunki biz ko'p marotaba yaxshi o'yin o'tkazdik va yaxshi g'alabalarga erishganmiz. Ammo bu safar bir necha holatlarga emasdik. Sen bunday darajada "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilayotgan bo'lsang, har bir o'yinda tayyor bo'lishing kerak. 

Bu yaxshi imkoniyat edi. Va g'alabani o'zimiz berib yubordik. O'zimizni ayblashimiz kerak. Imkoniyatlarimiz ko'p bo'ldi, ammo endi ular yo'q va buni o'zgartira olmaymiz. Biz asosiy e'tiborni yakshanbaga qaratishimiz kerak", - dedi Ten Xag. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: manutd.com