Eron. "Istiqlol"da g'alaba, Ashurmatovda avtogol, Masharipov qaytdi

Mirjalol Normatov
1 yanv 2026
Eron chempionatining 10-turida "Istiqlol" safarda "Sepaxon"ga qarshi bahs olib bordi.

Unda mehmonlar irodali g'alabaga erishdi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Jasir Asani hisobni ochgandi. Oradan ko'p o'tmay Rustam Ashurmatov o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. Bahsning so'nggi daqiqalarida Ismoil Golizadeh g'alaba golini urdi.

Qayd etish kerak, Jaloliddin Masharipov 73-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi. Shu orqali u 7 oy deganda safga qaytdi. U "Istiqlol"dagi so'nggi o'yinini o'tgan yilning 15 may kunida "Sepaxon"ga qarshi o'tkazgandi.

Uchrashuv yakuniga oz vaqt qolganida Masharipov yana jarohat olib, almashtirildi.



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia