Eron Pro ligasi. "Istiqlol" g'alaba qozondi, Amonov zaxiradan maydonga tushdi

Оқил Абдубарноев
13 fev 2022
Eron chempionatining 17-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Zob Axan" uchrashuvi yakunlandi.

Uchrashuvda mezbonlar Kevin Yamganing yagona goli evaziga g'alaba qozondi. "Istiqlol" tarkibida o'zbekistonlik futbolchi Azizbek Amonov zaxiradan maydonga tushdi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Amonov ikki raqibini aldab o'tgan holda darvozaga zarba yo'llagandi,darvozabon katta qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

"Istiqlol" - "Zob Axan" 1:0

Gol: Kevin Yamga - 53' 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia