Eron Pro ligasi. "Istiqlol" "Sepahon"ni engdi, Masharipov 77 daqiqa o'ynadi

Оқил Абдубарноев
27 fev 2024
Eron Pro ligasi 18-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Sepahon" uchrashuvi yakunlandi.

Mazkur bahsda mezbonlar Ruzbeh Chashmining 36-daqiqada urgan goli evaziga g'alaba qozondi. "Istiqlol"ning o'zbekistonlik yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, 77-daqiqada zaxiraga olindi.

"Istiqlol" - "Sepahon" 1:0

Gol: Ruzbeh Chashmi (36)

Mazkur g'alabadan keyin "Istiqlol" 39 ochko bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda, "Sepahon" esa 31 ochko jamg'argan holda 3-o'rinda bormoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia