Ertaga "Roma"ga yangi bosh murabbiy tayinlanadi

Alisher
10 iyun 2019, 13:35
"Shaxtyor" bosh murabbiyi Paulo Fonseka "Roma" bosh murabbiyi bo'lishi tobora oydinlashib bormoqda.

Xabarlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis 11 iyunda rimliklar prezidenti Jeyms Pallotto bilan Londonda uchrashadi. U yakunda "Roma" bilan "2+1" formatidagi shartnomaga imzo chekadi. Uning maoshi qo'shimcha bonuslarni hisobga olmasa mavsum uchun 2,5 million evroni tashkil etadi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport