Eshitdik-da! Jiyanov Rossiya klublaridan biriga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
21 yanv 2023
"Olimpik" hujumchisi Ruslanbek Jiyanov ayni paytda Rossiyada bo'lib turibdi.

Bizdagi ma'lumotlarga qaraganda, "Olimpik" hujumchisi Ruslan Jiyanov "Krasnodar" yoki "Rostov" ko'rigidan o'tadi. 



21 yoshli futbolchi uchun aynan "Krasnodar" ustuvor variant hisoblanadi.

Jiyanov o'tgan mavsum "Olimpik" safida 28 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urgan hamda 4 ta golli pas uzatgan. Transfermarkt portali uni 400 ming evroga baholagan. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia