Yevropa ligasining mavsum futbolchisi va ramziy termasi e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
22 may 2025
UEFA matbuot xizmati Yevropa ligasining ushbu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisini e'lon qildi.

Unga ko'ra sovrin "Tottenxem" himoyachisi Kristian Romeroga topshirildi. Ushbu turnirda argentinalik futbolchi 7 o'yinda qatnashib, 1ta assist qayd etdi. Shuningdek, u "Manchester Yunayted"ga qarshi final o'yinida ham eng yaxshi futbolchi sifatida etirof qilingandi.

Shuningdek, Yevropa ligasida mavsum ramziy termasi ham tuzildi.

Darvozabon: Gulelmo Vikario ("Tottenxem");

Himoyachilar: Fredrik Berkan ("Bude-Glimt"), Robin Kox ("Ayntraxt"), Kristian Romero, Pedro Porro (ikkisi ham "Tottenxem");

Yarim himoyachilar: Kazemiro, Brunu Fernandesh (ikkisi ham "Manchester Yunayted"), Patrik Berg ("Bude-Glimt");

Hujumchilar: Niko Uilyams ("Atletik"), Dominik Solanke ("Tottenxem"), Rayan Sherki ("Lion"). 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com