Fabregas Moratani "Komo"ga taklif qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2025
"Komo" bosh murabbiyi Sesk Fabregas ijara asosida "Galatasaroy"da o'ynayotgan "Milan" a'zosi Alvaro Morata bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqaga chiqqan.

"Sky Sports Italia" xabariga ko'ra, ular samimiy suhbat qurgan va Morata "Komo"ga o'tish imkoniyatiga ijobiy javob bergan. Biroq buning uchun Turkiyada 2026 yilning yanvarigacha hisoblangan ijarani muddatidan oldin tugatish va "Milan" bilan yangi ijara yoki to'liq transfer bo'yicha kelishuvga erishish kerak bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports Italia