Fabregas: "Shu mavsumga qadar de Bryuyne haqida deyarli hech nima bilmasdim"

Tolibjon Qosimov
27 apr 2016
"Chelsi" yarim himoyachisi Sesk Fabregas "Manchester Siti" vakili Kevin de Bryuynening o'yinini maqtadi.
Ispaniyalikning so'zlariga ko'ra, u belgiyalik haqida shu mavsumga qadar juda kam bilgan.

"Men bu futbolchining o'yinidan qoyil qoldimmi? Ha, sababi u haqida mavsum boshlangunga qadar deyarli bilmasdim. Kevin oxirgi bir necha yilni o'tkazgan Germaniya chempionatini unchalik kuzatib bormayman. Shuning uchun ham u meni hayron qoldirdi, uning bunday yuqori darajadagi futbolchi ekanligini bilmasdim", - deb aytib o'tdi ispaniyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, de Bryuyne "Manchester Siti"ga o'tgan yoz "Volfsburg"dan o'tgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: goal.com