

Angliya chempioni rahbariyati 36 yoshli o'yinchiga bir yillik shartnoma taklif qildi. O'yinchi yangi bitim imzolashga tayyor.
Fernandino "shaharliklar" tarkibida 2013 yilning iyulidan beri o'ynaydi. Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy oyning so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum 21ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etishga erishdi.



