Fevzi Davletov: "Uchrashuv biz uchun oson o'tmadi"

Omonjon To`xtamirzayev
20 apr 2024
O'zbekiston Kubogi doirasida "Surxon" - "Chig'atoy" (2:1) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Uchrashuv kutilganidan ham qiyin kechdi. Gol o'tkazib yubordik, vaziyatni to'g'rilashda muammolarga duch keldik. Aniqlik va hujumlarni yakunlashda kamchiliklarimiz yo'q emas. Bugun ko'rib olgan kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz. "Chig'atoy" jamoasi o'yin davomida bizga munosib raqobat taklif eta oldi" - deydi surxonliklar ustozi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia