Frenk Lempard “Bavariya” bilan o'yindan so'ng: “Jiddiy saboq oldik”

Alisher
26 fev 2020
Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan “Chelsi” – “Bavariya” (0:3) uchrashuvidan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Frenk Lempard o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Asosiy xatolarimiz maydonda juda ham ko'p bo'sh zonalar qoldirganimiz sabab kelib chiqdi. Kuchni to'g'ri taqsimlay olmadik. “Bavariya”ning imkoniyatlarini etarlicha o'rganib chiqqandim, biroq ular kecha ikki barobar ziyod potencialda o'ynashdi. Shogirdlarim baribir asosiy e'tiborni Levandovskiga qaratishdi. Natijada Gnabri ko'p vaziyatlarda ochiq qoldirildi va jazolandik. Ikkinchi qavatdagi kurashlarda ham deyarli yutqazdik. Mehmonda bo'la turib ular juda erkin o'ynashdi. Ayniqsa, shogirdlarimning to'p uchun yakkama-yakka kurashlarda oxirigacha bormaganligi menga yoqmadi. Ketma-ket kiritilgan gollar jamoa ruhiyatiga salbiy ta’sir qildi. Shundan keyin ular o'ynamay qo'yishdi. 

Hakamlar borasida etirozim yo'q. Uchrashuv boshidan oxirigacha adolatli bo'ldi deyishim mumkin. “Chelsi”dek klubning bir necha yillardan buyon shu pley-off bosqichidan uzoqqa bora olmayotgani achinarli hol. Londonning o'zidayoq jiddiy saboq oldik, barchamiz uchun og'ir kecha bo'ldi. Keyingi o'yinga gollar hisob-kitobini qilish uchun bormaymiz. Hozir buni o'ylaganim yo'q. Shunchaki, inglizcha futbolni ko'rsata olsak, hammasi yaxshi tomonga o'zgarishi mumkin”, - deydi londonliklar ustozi.

Eslatib o'tamiz, bu jamoalar o'rtasidagi javob bahsi 19 mart kuni Myunxendagi “Allianc Arena” stadionida bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com