Futzal. Bugun 16:30. O'zbekiston - Yaponiya

Narzulla Saydullayev
3 may 2014
Bugun Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi Vetnamdagi Osiyo chempionatida ikkinchi turni o'tkazadi.
Futzalchilarimiz ilk turda Qirg'iziston terma jamoasi bilan 2:2 hisobida durang o'ynashgandi. Bugun esa Toshkent vaqti bilan soat 16:30da Yaponiya terma jamoasiga qarshi kuch sinashiladi. Yaponlar birinchi bahsda Janubiy Koreya ustidan 12:0 hisobida g'alaba qozonishgandi.

Guruhimizdan o'rin olgan yana bir o'yin Qirg'iziston va Janubiy Koreya o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 14:00da start oladi.

Saytimizda o'yinlar imkon qadar batafsil yoritib boriladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia