Futzal. Ispaniya terma jamoasi Andijonga yetib keldi

Alisher
8 sen 2024
Yurtimiz mezbonlik qiladigan futzal bo'yicha Jahon chempionati ishtirokchi terma jamoalarining musobaqaga tashrifi davom etmoqda.

Bugun, 8-sentyabr kuni Ispaniya milliy terma jamoasi Andijonga yetib keldi. 

O'FA va mahalliy tashkiliy qo'mita vakillari Ispaniya milliy terma jamoasi delegaciyani kutib oldi hamda odatga ko'ra mehmonlarga esdalik sovg'asi sifatida milliy do'ppimiz sovg'a qilindi.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya “D” guruhidan o'rin olgan.


AlisherMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати