Gari Nevill "Manchester Yunayted"ning optimal tarkibini taqdim etdi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2021
"Manchester Yunayted" sobiq sardori Gari Nevill "qizil iblislar" asosiy tarkibida o'ynashi lozim bo'lgan futbolchilarni sanadi.

"De Xea, Uan-Bissaka, Shou, Maguayr, Varan, Maktominey, Pogba, Brunu Fernandesh, Grinvud, Kavani, Ronaldu", – dedi Nevill.

MYU APLning dastlabki 6 turida 13 ochko yig'ib, chempionatda 4-o'rinda bormoqda. Jamoa Angliya liga kubogidan chiqib ketdi, Chempionlar ligasini esa "Yang Boyz"dan uchralgan mag'lubiyat bilan boshladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/GNev2