

"Lokomotiv" rasmiy sayti bergan xabarga ko'ra jamoa 23 nafar futbolchi bilan Dubayga uchgan. Ular orasida "Lokomotiv" bilan shartnoma imzolagan to'rt nafar yangi o'yinchi ham bor: Shuhrat Muhammadiev, Diyor Turopov hamda kot-d'ivuarlik legionerlar Muhammad Kone bilan Gnoxere Krizo.
Ro'yxatda o'tgan mavsum "temiryo'lchilar"ning asosiy tarkibida o'ynagan uch nafar futbolchi qayd etilmagan. Bular: Sadriddin Abdullaev, Nemanya Yanichich va Artur Gevorkyan.
Hozircha ushbu futbolchilarning jamoadan ketgan yoki ketmagani noma'lum bo'lib turibdi.



