Gus Xiddink PSVda van Nistelroy murabbiylar shtabiga kiradi

Sherzod Nurmatov
29 mar 2022
OAV Eyndxovenning PSV klubi murabbiylar shtabida bo'ladigan o'zgarishlar haqida ma'lumotga ega bo'ldi.

Xabarga ko'ra, jamoani keyingi mavsumdan Rud van Nistelroy boshqaradi. Bu variant bir hafta oldin xabar qilingan edi.

Fred Ryutten "Manchester Yunayted" va "Real"ning sobiq hujumchisiga yordam beradi, Rossiya terma jamoasining sobiq ustozi Gus Xiddink esa koordinator bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, hozirda 45 yoshli van Nistelroy PSV yoshlar jamoasida ishlamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Voetbal International