Gus Xiddink Eto'O va Jirkov o'rtasidagi ziddiyatni qanday hal qilgandi?

Bundan 10 yil muqaddam "Anji" futbol klubi Suleyman Kerimov tomonidan sotib olingan edi.

Rossiyaning "Sport-Ekspress" nashri yorqin, ammo qisqa muddatli loyihaning taqdiri haqida material tayyorladi. Unda Mahachqala klubi bosh direktori jamoaning sobiq ustozi Gus Xiddink yetakchi futbolchilar - Samyuel Eto'O hamda Yuriy Jirkov o'rtasidagi kelishmovchilikni qanday qilib hal etishgani haqida gapirib berdi:

"Eto'O va Jirkov o'rtasida ziddiyat paydo bo'ldi, ular deyarli urushib qolishgandi. Gus muammoni ajoyib tarzda hal qildi. U har 2 futbolchi bilan uchrashuv belgiladi. Bizdan esa faqat 3 kishi kira oladigan mehmonxonadagi eng kichik xonani topishni so'radi. Suhbat ertalab 10:00 ga rejalashtirilgan edi, ammo niderlandiyalik murabbiy xonaga 10:30 da kirib keldi. Shunda har 2 futbolchi bir ovozdan shunday dedi: "Janob, muhokama qilinadigan mavzu yo'q. Biz kelishib oldik".


Manba: Спорт-Экспресс