Gvardiola: "90 daqiqa Rodri uchun og'ir sinov bo'lardi"

Sherzod Nurmatov
2 okt 2025
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YCHL 2-turida "Monako"ga qarshi o'yindan (2:2) qoniqish hosil qilganini ta'kidladi.

"Yaxshi o'yin bo'ldi. Biz ko'plab vaziyatlar yaratdik. Afsuski, biz so'ngida nohaq jarima zarbasida a'lo darajada o'ynolmadik va penalti hosil bo'ldi. Lekin bo'lar ish bo'ldi. Hali imkoniyatlarimiz bor va biz ulardan foydalanamiz. Rodrini almashtirish? Buni bosqichma-bosqich olib bormoqdamiz va 90-daqiqa uning uchun og'ir sinov bo'lardi", – dedi Gvardiola.

"Manchester Siti" 4 ochko bilan umumjamoa hisobida 8-o'rinda bormoqda. "Monako" 1 ochko bilan 30-o'rinda ketyapti.

"Manchester Siti" 3-turda "Vilyarreal" bilan, "Monako" esa "Tottenxem" bilan o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC