Gyundogan jarohat oldi. YCHL finaliga esa 10 kun qoldi

Aziz Tukhtamuradov
19 may 2021
"Manchester Siti" futbolchisi Ilkay Gyundogan APL doirasida "Brayton"ga qarshi o'tkazilgan o'yinda jarohat oldi.

U ikkinchi bo'lim boshida tizzasidan jarohat oldi va o'z o'rnini Fernandinoga bo'shatib berdi. 

Ushbu mavsumda "Manchester Siti"da ikkita o'yin qolgan. Biri APL doirasida "Everton"ga qarshi o'tkazilsa (23 may), ikkinchisi 29 may kuni "Chelsi" bilan Chempionlar ligasi final bahsi bo'ladi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Telegraph