Iker Kasilyas YCHL finalida "Real" darvozasida kim turishi kerakligini aytdi

Administrator
11 may 2024
"Real" afsonasi finalda ukrainalik darvozabonga ishonish tarafdori.

Ispaniya terma jamoasi va "Real Madrid" klubi afsonaviy darvozaboni Iker Kasilyas YCHL finalida "Real" darvozasini kim qo'rig'lashi kerakligini aytdi.

"Lunin jamoani istalgan vaziyatda qutqara oladigan ishonchli darvozabon ekanini ko'rsatdi. Buni hal qilish meni ishim emas, ammo finalda Lunin darvozani qo'riqlashi kerak. 

Kurtua hozir ritmda emas, u endigina qaytdi. To'g'ri, u o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi, ammo hali biroz bor", -deydi Iker Kasilyas.

Ma'lumot uchun, Yevropa Chempionlar Ligasi final 1 iyun kuni "Uembli" stadionida o'tkaziladi. Unda "Real Madrid" "Borussiya D"ga qarshi kurash olib boradi.


AdministratorMuallif
Manba: Marca