Ikkinchi ligada birinchi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi

Tolibjon Qosimov
21 apr 2018
16 aprel kuni O'zbekiston birinchiligi Ikkinchi ligasi Toshkent shahar mintaqasining 2018 yilgi mavsumiga start berildi.

16-18 aprel kunlari "A" va "B" guruhlarida barcha uchrashuvlar o'tkazildi.

Oldingi yillarda "O'rikzor" nomi bilan musobaqalarda ishtirok etgan, hozir esa "Osiyo" nomi ostida qatnashayotgan jamoa o'z maydonida "Bunyodkor-B"ni qabul qildi va 3:1 hisobida g'aldaba qozondi.

2-liga
"B" guruhi, 1-tur

"Osiyo" - "Bunyodkor-B" 3:1
Gollar:
Kamron Husanjonov 3ta

"Osiyo": Mahmud Hamidullaev, Doston Ikromjonov, Sherzod Qodirov, Kamron Husanjonov, Shahzod Ergashev, Baxtiyor Ergashev, Jamshid Islomxo'jaev, Jahongir Muhammadjonov, Ravshan Husanov, Sardor Hamidullaev, Muhammadazim Nurmatov.
Zaxira: Doniyor Usmonov, Murod Xolmurodov, Javohir Qurbonov, Siroj Manopov, Shohrux Razoqov, Omon Rahimov, Xurshid Abdumanopov.

"Bunyodkor-B": Izzatilla Tursunov, Jasur Xoldorov, Laziz Saidov, Sirojiddin Bashriddinov, Jamshid, Muzaffar Olimjonov, Otabek Yusupov, Zokir Hasanov, Ibragim Ibragimov, Qunduz A'zamov, Elxan Ahmedov.


Ikkinchi liga Toshkent shahar mintaqasi "B" guruhi 1-turida qayd etilgan natijalar:

"Lokomotiv 2" - "LSF" 2:1
"Oq-tepa" - "Start" 7:2
"FK Osiyo" - "Bunyodkor B" 3:1
"Paxtakor A" - "Avtomobilchi" 2:0
"AkademiyaYA" - "Yashnobod" -/+


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia