

"Elit Chempionlar Ligasining 5-turidan o'rin olgan Eronning "Istiqlol" va "Paxtakor" o'rtasidagi uchrashuv Dubayda bo'lib o'tishi ma'lum qilindi. OFK Erondagi siyosiy vaziyat sababli bellashuv BAAda o'tkazilishini tasdiqladi. 25 noyabr, dushanba kuni Dubay shahrida joylashgan "Rashid" stadionida "Sherlar" ayni paytda Jaloliddin Masharipov to'p tepayotgan "Istiqlol" bilan to'qnash keladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 (mahalliy 20:00)da boshlanadi", - deb yoziladi bayonotda.
Qayd etish kerak, oldinroq Eron milliy termasining Qatarga qarshi o'yini ham Dubayda, aynan "Rashid" stadionida tashkillashtirilgandi.



